Russian President Vladimir Putin, German Foreign Minister Frank-Walter Steinmeier, German Chancellor Angela Merkel and Ukrainian President Petro Poroshenko attend talks on a stalled peace plan for eastern Ukraine at the Chancellery in Berlin, Germany, October 19, 2016. Sputnik/Kremlin/Mikhail Klimentyev via REUTERS ATTENTION EDITORS - THIS IMAGE WAS PROVIDED BY A THIRD PARTY. EDITORIAL USE ONLY. - RTX2PJV4

Berlinda bo‘lib o‘tgan “normand to‘rtligi” sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina davlat rahbari Pyotr Poroshenko bir-biri bilan o‘shqirib gaplashmagan. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.

“Hech qanday o‘shqirib gaplashish bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri, suhbat murakkab kechdi, ayni vaqtda u yetarli darajada ishchi va samimiy ruhda o‘tdi”, — dedi Peskov.

“O‘shqirib gaplashish” haqida muzokaralarda qatnashgan Ukraina delegatsiyasidagi manbaga asoslanib, Ukrainaning “Liga.net” portali xabar bergan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar “besh soat davomida munozara qilgan”, ba’zan bu munozaralar “o‘shqirib gaplashish”ga aylanib ketgan.

Xususan, manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, suhbat davomida Poroshenko go‘yo Putinga murojaat qilib, ukrainalik harbiylarni o‘qqa tutishni to‘xtatishni talab qilgan. “Yo‘q, sen shunchaki otishni to‘xtatgin!”, — degan Poroshenko.

Eslatib o‘tamiz, “normand to‘rtligi”ning Berlindagi sammiti 20-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya prezidenti Fransua Olland, Germaniya kansleri Angela Merkel, Putin va Poroshenko qatnashdi. Bu 2015-yil oktabridan beri o‘tkazilgan ilk shunday yig‘ilish bo‘ldi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH