Kosovoning Gnilane shahrida yashovchi Driton Selmani o’z garajida noyob Lamborghini Reventon superkarining nusxasini yasadi. Bu haqda Gulf Headlines nashri ma`lum qildi.

Selmani qimmatbaho mashinaning nusxasini yaratish uchun bir yilga yaqin vaqt sarfladi. «Reventon» nusxasi Mitsubishi Eclipse kupesi negizida qurildi va Mitsubishi Galant’ning uch litrli 200 ot kuchiga ega V6 dvigateli bilan jihozlandi.

Superkar kuzoviga Albaniya bayrog’ini bildiruvchi qizil-qora polosalar tushirildi.

Original Lamborghini Reventon 2008 yilda taqdim qilingan. O’rta motorli superkar 6,65 litrli, 650 ot kuchiga ega, V12 dvigateli bilan jihozlangan. Reventon 100 km/soatga 3,4 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa 340 km/soat ni tashkil qiladi. Superkardan bor-yo’g’i 20 dona ishlab chiqarilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH