Braziliyaning “Korintians” klubi ustozi Tite mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Bu haqda klub prezidenti Roberto de Andrade ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Tite endi ‘Korintians’da ishlamaydi. U Braziliya futbol konfederatsiyasi taklifini qabul qildi”, – dedi Roberto de Andrade.

Avvalroq Braziliya futbol konfederatsiyasi 2014-yildan buyon bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Karlos Dungani iste’foga chiqargandi. Uning boshchiligida Braziliya terma jamoasi 1987-yildan buyon birinchi marta Amerika Kubogining pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

AQShda davom etayotgan Kopa Amerika—2016 musobaqasida Braziliya terma jamoasi o‘z guruhida 4 ochko to‘plab, chorak final yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan edi.

Manba

ULASHISH