Moskva fizik-texnika instituti biologlari va InSilico kompaniyasi mutaxassislari hayotni uzaytirishga yordam beruvchi vositalarning samaradorligini tahlil qiluvchi GeroScope dasturini yaratdilar, — deb yozadi mir24.tv.

Tadqiqotda aytilishicha, oxirgi yillarda butun dunyo olimlari tomonidan umrni uzaytiradigan yuzlab vositalar kashf etildi. Bu natijalar sichqon, qurt-qumursqalar hujayralari ishini kuzatish orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ularning odamga ta’sirini o‘rganishning hali imkoni yo‘q. Bu jarayon bir necha o‘n yilliklarga cho‘zilishi mumkin.

Barcha mashhur “boqiy hayot eliksirlari” tahlili bilan kompyuter shug‘ullanadi. GeroScope’ning maxsus algoritmi modda ta’sir qilgan gen faoliyatini, uning hujayralarga ta’sir o‘tkazish-o‘tkazmasligini analiz qiladi.

GeroScope’da tekshiruvdan o‘tgan ko‘p moddalar haqiqatdan ham umrni uzaytirishga yordam bera oladi. Ammo bu har doim ham olimlar istagan darajada bo‘lmasligi mumkin. Shunga qaramasdan dasturning aniqlik darajasi ancha yuqori: olimlarning aniqlik kiritishicha, farmasevtikadagi hayvonlarda sinovdan o‘tgan 92% preparat klinik sinovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Biologlarning so‘zlariga ko‘ra ular kashfiyoti tibbiyot sohasida juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

ULASHISH