Mahalliy vaqt bilan 9 noyabr kuni soat 6.55da (Toshkent vaqti bilan soat 16.55) hisoblangan ovozlarga ko’ra,  Hillari Klinton saylovchilarning umumiy soni bo’yicha Donald Trampni ortda qoldirgani ma`lum bo’ldi. Bu ma`lumot The New York Times nashri saytida keltirilgan.

Klinton uchun 58 mln 895 ming 309 nafar amerikalik ovoz bergan.

Shu bilan bir vaqtda Tramp uchun ovoz bergan amerikaliklar soni 58 mln 858 ming 904 nafar kishini tashkil qilib turibdi.

Hali 4ta shtatda kim g’olib bo’lgani aniqlanmadi. Minnesotada Hillari Klinton yetakchi, Michigan, Nyu-Hempshir va Arizonada esa Donald Tramp ustunlik qilmoqda.

Lekin Tramp saylov hay`atining yetarli ovozini to’plab bo’ldi va AQShning 45-prezidentiga aylandi (g’alaba uchun kifoya qiladigan 270 ovozdan 279 ovoz).

manba: Kun.uz

ULASHISH