AQSh prezidenti lavozimiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton Nyu-Yorkda 8-noyabr kuni ushbu shtatdagi saylov uchastkalari yopilganidan 30 daqiqa o‘tib boshlanishi kerak bo‘lgan mushakbozlikni bekor qildi, deb yozadi “TASS”.

Saylov shtabi AQSh Qirg‘oq soqchiligi xodimlarini avvalroq ovozlar hisoblab chiqiladigan joy yaqinida, Gudzon daryosi ustida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan pirotexnika shousidan voz kechishi haqida xabardor qilgan. Ammo sobiq davlat kotibi vakillari o‘z qarori sababiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq ba’zi politsiya xodimlari siyosatchining pirotexnika shousini o‘tkazish qaroriga norozilik bildirgan edi. Ba’zilar ularning shou xavfsizligini ta’minlashi Klintonni qo‘llab-quvvatlash bo‘lib ko‘rinishini taxmin qilgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH