Bir olimdan so’rabdilar: 
— Bir kimsa tavba qilgan chog’ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilishi mumkinmi?
Olim shunday javob berdi: 
— Yo’q, qabul qilingani yoki rad etilgani to’g’risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko’rsatuvchi ba`zi bir alomatlar bor:

1. Kishi o’zida gunoh qilishga mayl bo’lmayotganini ko’radi.
2.Qalbidan  xotirjamlik  ketganini  ko’radi,  har  narsada  Allohni  hoziru  nozir  holda topadi.
3. To’g’ri va yaxshi axloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe`lli kishilardan o’zini uzoq tutadi.
4.Ochko’zlik qilmaydi. Oz bo’lsa ham halol yo’l bilan topganiga qanoat qiladi. O’zining ozgina bo’lsa ham halol yo’l bilan topgani uning ko’ziga ko’p ko’rinadi, lekin qilgan xayrli va go’zal amallari ko’p bo’lsa ham uning ko’ziga oz ko’rinadi.
5.Qalbi doimo Alloh farz qilgan narsalar bilan band bo’ladi.
6.Dinini yomon-ko’zlardan himoya qiladi.
7.Davomiy tafakkur holida yuradi.
8.O’tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi.

Abu Homid G’azzoliy
“MUKOShAFAT-UL QULUB” kitobidan olindi.
Manba: Ummat.uz

ULASHISH