Haqiqiy shirinxo‘rlar uchun shirinlik

Kerakli mahsulotlar:

Suli yormasi (tez tayyorlanadigan) 5 osh qoshiq

Sut 5 osh qoshiq+100ml
tuxum 1dona

Shakar 2 osh qoshiq ta’bga ko‘ra

Kakao 3 osh qoshiq

Qabartma (razrixitel) ½ choy qoshiq

Tvorog 250 g
Ta’bga ko‘ra vanilin

Jelatin 10 g

Tayyorlanishi:

Suli yormasi, 5 osh qoshiq sut, tuxum, 2 osh qoshiq shakar yoki shakar o‘rnini bosuvchi, kakao kukuni, qabartma. Bir xil holatga kelgunga qadar aralashtirilib, qolipga quyib, mikroto‘lqinli pechga 3 daqiqaga 900 Vt quvvatga qo‘yiladi. Biskvit tayyor – uni ikkiga bo‘linadi yoki yana bittasi pishiriladi.

Jelatin sovuq suvga 5 daqiqaga ivitiladi.

Tvorog va shakar blender bilan aralashtiriladi. Sut va jelatinni to‘liq erib ketgunga qadar to‘xtovchiz aralashtirilgan holatda qizdiriladi. Qaynab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. tvorogli massaga ingichka qilib quyiladi va yana blender bilan bir xil holatga kelguncha aralashtiriladi. Konteynerning tagiga bitta korjni solinadi, tvorogli aralashmani quyib, ikkinchi korj bilan yopiladi. Muzlatgichga kamida 3 soatga, yaxshisi kechasi bilan qo‘yiladi. Sovugach chiroyli ko‘rinishi uchun ortiqcha sufleni kesib tashlash kerak.

ULASHISH