Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarilgani haqida “Nasaf” matbuot xizmati xabar berdi.

30-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tadigan final chiptasi 10 ming so‘m etib belgilangan. Uchrashuv 13:00 da start oladi.

Xabar tarqatgan “Nasaf” futbol klubi chiptalarni qarshilik muxlislarning sotib olishi uchun ko‘maklashib, uni o‘z stadioni kassasida ham sotishni yo‘lga qo‘ydi. Biroq “Nasaf”ning finalda kimga raqib bo‘lishi hozircha aniq emas.

26-noyabr kuni “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari finalning ikkinchi ishtirokchisi nomini aniqlab beradi. “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchgandi.

ULASHISH