key.ru o‘yin maydonini NVIDIA kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirgan raqamli reteyler KEY noodatiy web-xizmatini rivojlantirishda davom etmoqda, — deb xabar beradi fontonka.ru.

key.ru saytidagi geymerlar uchun sinov tarzida ishga tushirilgan o‘yin zonasi loyihasi dunyodagi eng katta grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi NVIDIA kompaniyasi bilan birga amalga oshirilgan edi. NVIDIA va KEY mutaxassislari loyihaning asosiy vazifalarini aniqlab olishdi: optimal qidiruvni amalga oshirish va o‘yin majmualarini (o‘yin klaviaturalari, sichqoncha, geympad, rul va h.k.) to‘liq yig‘ishga yordam beruvchi xizmat ishlab chiqish talab etilayotgan edi.

Bu o‘yin zonasining asosiy funksiyasi hisoblanadi. Keyinchalik platformaga o‘yin sanoatidagi oxirgi yangiliklar, aksiyalar, oldindan buyurtma qilish imkoni, onlayn-maslahat olish haqidagi ma’lumotlarni qo‘shib borish haqida qaror qabul qilindi. «O‘yin zona“si avvalboshdan kompyuter o‘yinlarini sevuvchilar va professional o‘yinchilar uchun ishga tushirilgan edi. Web-servisning interfeysi ham aynan ular uchun o‘yin-sanoati uslubida, oxirgi navigatsiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqilgan.

KEY-o‘yin zonasida 5000 dan ortiq nomdagi tovar mavjud: tayyor yechimlardan boshlab (multimedia va geymer kompyuterlari uchun), so‘nggi aksessuarlargacha.

ULASHISH