Buyuk britaniyalik olimlar kasallik vaqtida ko‘p suyuqlik ichish organizmga qayta tiklanishga yordam beradi degan nazariyaning yolg‘on ekanligini isbotladilar. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

London Qirollik kolleji xodimlari Laura Li va Marienn Noron’ya o‘tkir giponatriemiya rivojlanishi bilan bo‘g‘liq bo‘lgan juda ko‘p o‘lim holatlarini o‘rganib chiqdilar. Bu kasallik aynan ko‘p suyuqlik ichish natijasida kelib chiqadi.

Shifokorlar buyrak tizimidagi infeksiya va surunkali yallig‘lanishdan azoblangan 59-yoshli ayol voqeasini aytib berishdi.

Barcha dori darmonlarni qabul qilishi, hamma tavsiyalarga amal qilishiga qaramasdan ayolning ahvoli kundan kunga yomonlashib boraverdi. U gapirish va yurishda muammolarga duch kela boshladi. Mutaxassislar tahlillar natijasida bemorning qonida natriyning o‘ta kam miqdorda ekanligini aniqladilar. Bu esa giponatriemiyaning birinchi belgisi hisoblanadi. Keyinchalik ayol o‘z organizmini infeksiyalardan tozalash maqsadida kuniga bir necha litr suv ichganini tan oldi. Shifokorlar unga kuniga bir litrdan ortiq suv ichishni taqiqlab qo‘ydilar. Ertangi kundan boshlab bemorning ahvoli yaxshilana boshladi.

Li va Noron’ya ba’zi kasalliklarda organizmning suvni chiqarib tashlash xususiyati pasayadi degan xulosaga kelishdi. Ko‘p suyuqlik ichish bu holatda yordam berish o‘rniga zarar keltiradi. Shifokorlar turli maslahatlarga quloq solmaslikni va bemorlik vaqtida qancha suv ichkingiz kelsa shuncha ichishni maslahat berishmoqda.

ULASHISH