Kerak mahsulotlar:

Tovuq lahmi – 2 dona

Yirik kartoshka – 4 dona

Piyoz – 1 dona

Yirik pomidor – 2 dona

Smetana – ¼ stakan

Tuxum – 3 dona

Sarimsoqpiyoz – 2 dona tishchasi

Tuz

Murch

Tayyorlanishi:

1.Tovuq filesi kesiladi va yaxshilab uriladi.
2.Gaz listiga folga qog‘ozi solinadi.
3.Go‘sht tuz va murchlanadi.
4.Pomidorlar doira shaklida to‘g‘ralib, go‘shti ustiga qo‘yiladi.
5.Kartoshka tozalanib, yirik tishli qirg‘ichdan chiqariladi.
6.Alohida tog‘orachaga tuxum chaqiladi, smetana, mayda qilib chopilgan piyoz va sarimsoqpiyoz qo‘shiladi. Tuz va murch solinadi. Barchasi yaxshilab aralashtirilib, qirg‘ichlangan kartoshka qo‘shiladi.
7.Yana aralashtiriladi.
8.Hosil bo‘lgan massa bir tekisda tovuq go‘shti ustiga solib chiqiladi.
9.Gaz pechida tilla rang po‘st hosil bo‘lguncha pishiriladi. Bo‘laklarga bo‘linib, dasturxonga tortiladi.

ULASHISH