«Bavariya» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hech qachon boshqarmaydigan jamoalari nomini sanab o’tdi.

«Men hech qachon «Inter»ni boshqarmayman. Hech qachon o’zimning tariximga qarshi bormayman. Tarixim Frantsiyada «PSJ» bilan bog’liq. Italiyada — «Milan».

«Inter»ga juda katta hurmat bilan qarayman, «Marsel»ga ham. Ammo men misol uchun Ispaniyaga «Atletiko»ni boshqarish uchun ham qaytib bormayman, chunki «Real»da ishlaganman», deya gapirib o’tgan Anchelotti.

manba: Tribuna.uz

ULASHISH