Mahsulotlar:

Oq karam – 500 g

Tuxum – 3 dona

Smetana – 5 osh qoshiq

Mayonez – 3 osh qoshiq

Un – 6 osh qoshiq

Tuz – 1 choy qoshiq
Xamir qabartmasi (razrixitel) – 2 choy qoshiq

Shivit (ukrop) – ½ bog‘

Kunjut (sepish uchun)

Tayyorlanishi:

Karamni maydalib to‘g‘raladi, tuzlab, yengilgina eziladi. Mayda to‘g‘ralgan ko‘kat qo‘shiladi. Tuxum bir xil holatga kelgunga qadar atalanadi. Qolgan barcha masalliqlarni solib, xamir qoriladi. Qolipga sariyog‘ surtilib, unga karamni solinadi. Xamir qoriladi va ustia kunjut sepiladi. Qolipni 180 haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo‘yilib, 30 daqiqa davomida tilla rangga kirgunga qadar pishiriladi.

ULASHISH