Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Abbotsford shahrida joylashgan o‘rta maktabga noma’lum shaxs tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda, CBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Voqea joyida ikki qiz yaralandi. Ulardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi, ikkinchisi esa shifokorlar nazorati ostida. Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Jabrlanganlarning shaxsiga oid ma’lumotlar oshkor qilinmayapti.

manba: Daryo.uz

ULASHISH