AQShning Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara okrugida 24-noyabrga o‘tar kechasi to‘rt nafar mahbus qamoqdan qochib ketdi. “TASS”ning AP’ga tayanib bildirishicha, ular kamera derazasidagi panjarani arralab, choyshabdan tayyorlangan arqonda ikkinchi qavatdan pastga tushib olgan.

Okrug politsiyasi vakili Rik Glennonning so‘zlariga qaraganda, qochoqlarning ikki nafari o‘sha paytning o‘zida qo‘lga olingan, qolgan ikki nafari esa hozircha topilmagan.

Jinoyatchilarni qidirishda mobil guruhlar, xizmatchi itlar, shuningdek, vertolyot ishtirok etmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH