23-oktabr kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 9-turida “Chelsi” hamda “Manchester Yunayted” klublari o‘zaro to‘qnash keladi.

“Stemford Bridj” stadionida o‘tadigan o‘yin oldidan “Chelsi”ning sobiq, “Yunayted”ning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourinyo London klubidan qanday qilib ketgani haqida so‘zlab berdi, deb yozdi “Chempionat”.

“Abramovich meni haydashga qaror qildi. Bu ikki tomonning xulosasi emasdi. Shunga qaramay, men kim haqiqadidar yomon fikr bildira olmayman. Menga aytishlaricha, bu klub egasining qarori bo‘lgan. Men esa buni xotirjam qabul qildim va biz qog‘ozlarga imzo chekdik”, — dedi Mourinyo.

“Iste’fo futbolning bir qismi. Dunyoning mana-man degan murabbiylari ham hech bo‘lmaganda bir bor iste’fo berishga majbur bo‘lgan. Albatta istisno holatlar mavjud, biroq zamonaviy futbolda bu har kim bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan holat”.

“Men Angliyada qolishga qaror qildim. Ko‘rib turibsizki, “Yunayted”dek katta klubda ish boshlash nasib qildi. “Chelsi”dan ketganimdan keyin Londonda yashadim, sport zalga bordim, futbol tomosha qildim. Fikrlarimni, qarashlarimni pozitiv ruhda ushlashga harakat qildim. Agar men hech narsa yuta olmagan klubimdan ketganimda, balki og‘irroq bo‘lardi. Biroq biz mamlakat chempioni bo‘la olganmiz, muxlislarda yorqin xotiralar saqlanib qolgan”, — deb fikrini yakunladi Joze Mourinyo.

manba: Daryo.uz

ULASHISH