«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Arsenal»ga qarshi bahsdan (1:1) so’ng, londonliklar ustozi Arsen Vengerni tanqid qildi, deb xabar beradi «Championat.asia».

«Arsenal» murabbiyi 14 yildan beri Angliya chempioni bo’la olmayapti. Men esa 18 oy. U 14 yil ichida chempion bo’ladigan jamoa tuza olmadi.

Bu erga kelganimga endi 4 oy bo’ldi. Boshqalardan emas, faqat mendan talab qilishmoqda. Bu faoliyatim tufayli bo’lsa kerak, chunki men ishlagan klublar tezda muvaffaqiyatga erishardi.

APL — juda qiyin turnir. Bu yerda ajoyib murabbiy va futbolchilar bor.

Hozir «Manchester Yunayted» barqarorlik muhim bo’lgan davrni boshidan o’tkazyapti. Ammo matbuot buni yaxshi tushunmayapti» — deydi Mourinyo.

ULASHISH