Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida rang-barang pufaklar bilan to‘ldirilgan militsiya mashinasi surati e’lon qilindi. Surat Toshkentda olingan, biroq qachon olganiga aniqlik kiritilmagan.

Surat foydalanuvchilarning muhokamalariga sabab bo‘lgan. Ularning ba’zilari militsiya xodimlari yo‘l yoqasida noqonuniy ravishda pufaklar savdosi bilan shug‘ullanganlarga chora ko‘rgan bo‘lishi mumkin, deb yozgan.

Boshqalar esa suratga hazil bilan yondashgan. “Ularning ham farzandi bor”, — deb yozgan bir foydalanuvchi. “Bu — jinoyatchilarni qo‘lga tushirish uchun bir niqob!”, — deb yozgan boshqa foydalanuvchi.

“Nima bo‘lsa ham, muhimi xursandchilik — u qanday ko‘rinishda bo‘lishi ahamiyatsiz”, — deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir foydalanuvchi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH