Jingalak sochlar uchun eng yaxshi soch turmaklari

Jingalak sochlar – tabiatning haqiqiy sovg‘asi. Agar siz jingalak soch bilan tug‘ilgan bo‘lsangiz – nihoyatda omadlisiz! Tekis soch egalari sizga qanchalik havas qilishini va sochlarini siznikidek jingalak qilish uchun qanchalik zo‘r berishini hatto tasavvur ham qilolmaysiz.

%d0%b2%d0%be%d0%bb%d0%be%d1%81%d1%8b1-680x280

 

Shubhasiz, ko‘pchilik bunga e’tiroz bildiradi, ya’ni, jingalak sochlar ham ukladka qilinmasa har tomonga to‘zg‘ib ketishi borasida. Bu muammoni hal qilishga jingalak sochlar uchun ukladka talab qilinmaydigan va to‘g‘ri tanlangan soch turmaklari yordam beradi.

Jingalak sochlar uchun, ukladka talab qilinmaydigan, zamonaviy soch turmagini tanlashda, avvalo sochning uzunligi va tabiatini hisobga olish zarur. Uzun zulflar “arslon yoli”ga o‘xshab ko‘rinmasligi uchun, ko‘p qatlamli soch turmagini tanlagan ma’qul. Bir necha qatlamlar tufayli sochlar dona-dona va yengil sochlarga aylanadi. Soch turmagi nozik va mukammal bo‘lib ko‘rinadi.

Kaskad – bu haddan tashqari jingalak bo‘lgan sochlar uchun juda mos tushadigan soch kesish turidir. Boshdagi hamma soch kokillari tepadan pastga qarab, bora-bora eng kaltadan uzunga o‘tuvchi qatlamlar qilib kesiladi. Natijada, sochdagi haddan ziyod hajm va og‘irlik yo‘qoladi. Soch turmagi hajmi kattaligicha qoladi, lekin ancha tabiiy va ko‘rkam ko‘rinadi. Sochlar mayinlashadi va oson taraladi. Kaskad ingichka va to‘lqinsimon sochlarni ham hajmli va quyuq qilib ko‘rsatadi. Eng asosiysi, kaskad ukladka talab qilmaydi!

%d0%b2%d0%be%d0%bb%d0%be%d1%81%d1%8b2-680x499

 

Kare – sochni yelkagacha kesishning eng yaxshi variantidir. Kare biroz to‘lqinsimon sochlarda ham, quyuq jingalak sochlarda ham juda shinam va nazokatli ko‘rinadi. Klassik turdagi kare ancha jiddiy ko‘rsatadi va yoshi katta ayollarga mos keladi. Graduirovka qilingan kare esa nozli va yoqimtoy ko‘rsatadi, shuning uchun yoshlarbop variant hisoblanadi. Bundan tashqari, graduirovka yordamida sochlarga hajm va yengillik qo‘shish mumkin. Kare, ayniqsa, yuz tuzilishi ingichka va uchburchaksimon shakldagi qizlarga, sochining pastki qismiga hajm berilgani uchun, juda yarashadi.

Bob – sochlarni, chyolkali yoki chyolkasiz, o‘rtacha to‘lqinsimon kesishning eng zamonaviy variantidir. Bob karedan, ensadagi sochlarning kalta hamda hajmliroqligi va yuzga yon tomondan jilvali tushib turuvchi sochlarning uzunroqligi bilan farq qiladi. To‘lqinsimon sochlarga uzunligi iyakkacha keladigan, jingalaklarni mayin va dona-dona qiladigan graduirovkali bob juda mos tushadi. Ensadagi kalta sochlar bo‘yinni nafis qilib ochadi, yon tomondagi uzun sochlar esa yuzni xushbichim qilib ko‘rsatadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH