Kerakli mahsulotlar:

Kartoshka

Tuxum

2 osh qoshiq un

Tuz

Jigarli nachinka uchun:

Mol jigari

Piyoz

O‘simlik yog‘i (piyozni qovurish uchun)

Tuz, tuyilgan qora murch

Tayyorlanishi:

Shuningdek tolqon, bitta tuxum sarig‘i.

1.Qaynatilgan kartoshkani barcha suvini to‘kib tashlaymiz. Uni tuyishdan avval u butunlay quruq bo‘lishi kerak.
2.Pyurega un va tuxum qo‘shishdan avval u sovushi darkor. Sovugan kartoshkali massadan zrazilarga shakl berib yasaymiz. Kartoshkalarni tozalaymiz, yuvamiz, qaynatamiz, tuz solamiz. Ezamiz.
Sovugan kartoshkali pyurega 2 osh qoshiq un va bitta xom tuxum sarig‘ini qo‘shamiz. Massa silliq va qo‘ldan yopishmaydigan bo‘lishi kerak. nachinkani tayyorlaymiz. Jigarni qaynatamiz. Blender bilan maydalaymiz (go‘shtqiymalagichdan ham o‘tkazsa bo‘ladi). Piyoz tozalaymiz, mayda to‘g‘raymiz, o‘simlik yog‘ida yumshoq bo‘lguncha qovuramiz. Jigar va piyozni birga aralashtiramiz, tuz va murch sepamiz. 2 osh qoshiq kartoshka pyuresini qo‘shamiz (nachinka bir xil massa holatiga kelishi uchun) va yaxshilab aralashtiramiz.

Nachinka solish uchun pyuredan tekis nonchalar yasaymiz. So‘ngra ehtiyotkorlik bilan nonchalarning qarama-qarshi chetlarini birlashtiramiz. Kerakli shaklni beramiz. Ikki tomoni tolqonga bulg‘alanadi. Ustiga shunchaki tuxum sarig‘i surtilsa ham bo‘ladi. O‘simlik yog‘i surtilgan gaz pechi listigaga qo‘yiladi. Gaz pechida 180-200 haroratda 15 daqiqa mobaynida pishiriladi. O‘z ta’bingizga ko‘ra sous tayyorlaysiz! Smetanalisini tavsiya etaman!

ULASHISH