JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Janubiy Amerika mintaqasining guruh bosqichi 11-turi o’yinlari o’tkazildi.

Turning markaziy uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Argentinani qabul qildi va 3:0 hisobida mag’lub etdi.

25-daqiqada mehmonlar darvozasi Neymarning pasidan unumli foydalangan Felippe Koutino tomonidan ishg’ol etildi. Birinchi bo’lim oxirida Neymar ham o’z hisobiga gol yozib qo’ydi. O’yindagi yakuniy natija Paulino tomonidan o’rnatildi — 3:0.

Bu g’alaba Braziliyaga ochkolari sonini 24taga yetkazgan holda turnir jadvalidagi birinchi o’rinni mustahkamlashga imkon berdi. Urugvay 23 ochkosi bilan ikkinchi o’rinda. Argentina esa 16 ochko to’plagan holda o’ntalikning oltinchi o’rnida qolmoqda.

JCh-2018. Saralash
Janubiy Amerika
11- tur

Braziliya – Argentina 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 25 Koutino, 2:0 – 45 Neymar, 3:0 — 58 Paulino
Braziliya – Alisson, Markinos, Marselo, Dani Alves, Miranda, Paulino, Fernandino, Renato Augusto, Koutino, Neymar, Gabriel Jyezus.
Argentina – Romero, Otamendi, Mas, Sabaleta, Funes Mori, Bigliya, Maskerano, Peres, Di Mariya, Messi, Higuain.

Kolumbiya – Chili 0:0 (0:0, 0:0)
Kolumbiya – Ospina, Mina (Torres, 82), Dias, Aryas, Murilo, Agilyar, Sanches, Xames, Kardona, Borxa (Falkao, 46), Berrio (Muriel, 63).
Chili – Bravo (Errera, 64), Xara, Roko, Mena, Bosejur, Arangis (Guterres, 73), Dias, Fuensalida, Vidal (Ernandes, 90), Vargas, Isla.

Urugvay – Ekvador 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 12 Koates, 1:1 – 45 Kaysedo, 2:1 – 45 Rolan.
Urugvay – Muslera, Silva, Pereyra, Godin, Koates, Vesino, Arevalo, Sanches, Suares, Stuani, Rolan (Ramires, 62).
Ekvador – Dreyer, Ayovi, Achiler, Eraso, Paredes, Noboa, Ibarra, Martines (Kaysedo, 61), Orexuela (Ayovi, 83), Kaysedo, Bolanos (Kasares, 73).

Venesuela – Boliviya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 3 Kouffati, 4:0 – 10, 67, 70 Martines, 5:0 — 74 Otero
Venesuela – Ernandes, Vilyanueva, Viskarrondo, Felcher, Gonsales, Otero, Rinkon, Murilo, Sambrano, Martines, Kouffati.
Boliviya – Lampe, Senteno, Raldes, Bexarano, Rodriges, Vayyar, Veysaga, Asoge, Ramalo, Duk, Moreno.

Paragvay – Peru 1:4 (1:0, 0:4)
Gollar: 1:0 – 10 Riveros, 1:1 – 49 Ramos, 1:2 — 71 Flores, 1:3 -79 Kueva, 1:5 — 84 Benitez-avtogol
Paragvay – Barreto, Gomes, Alonso, Moreyra, da Silva, Riveros, Roxas, Romero, Romero, Santander (Benites, 38), Gonsales.
Peru – Galese, Ramos, Yotun, Trauko (Loyola, 56), Rodriges, Kueva, Tapiya, Karrilo, Korso, Flores, Gerrero.

ULASHISH