Kemerovsk shahar 5-sonli bolalar shifoxonasi jarrohlari zudlik bilan o‘tkazilgan operatsiyada 10 yoshli qizning organizmidan 50 santimetrlik soch tolasini olib tashlashdi, — deb xabar beradi rent.tv.

Qizni shifoxonaga og‘ir ahvolda: oshqozondagi kuchli og‘riq, qayt qilish va ichak faoliyatining buzilishi belgilari bilan olib kelishgan.

O‘tkazilgan diagnostik tekshiruvlar natijasida qizning ichagida soch tolasi shakllangani aniqlangan, uni olib tashlash uchun o‘tkazilgan operatsiya ikki soat davom etdi.

«Bunday holat tibbiyotda trixobezoara deb ataladi. Bu patologiya kamdan-kam holda kuzatiladi. Oshqozon trixobezoarasi eng ko‘p uchraydi, bunda yod jism ovqat hazm qilishga xalaqit beradi va oshqozon-ichak tutilishlariga sabab bo‘ladi” — dedi RIA «Novosti” ga bergan intervyusida shifoxona umumiy jarrohlik bo‘lim boshlig‘i Konstantin Surtsev.

ULASHISH