JARda begemot avtomobilga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.

Voqea Mozambikdan o’z yo’ltanlamasida qaytayotgan 26 yoshli Vikus Ceroni bilan sodir bo’ldi. Kryuger milliy bog’idagi ko’prikka kelib qolgan haydovchi begemotni payqagan bo’lsa-da, o’z yo’lida davom etaverdi. Haydovchi jonivor odamlarga o’rganib qolgan, deb o’ylagan.

“Kutilmaganda gippopotam burilib, men tomonga qarab yugurib kela boshladi, — deya aytib berdi Seroni jurnalistlarga. – Men u to’xtamasligini tushunib, to’qnashuvga tayyorgarlik ko’ra boshladim”. Jonivor mashinaga hujum qilib, voqea joyidan ketib qoldi. Eshiklardan biri va kapot jiddiy zarar ko’rgan. Bundan tashqari, avtomobilda tish izlari ham qoldi. Seronining fikricha, unga hali ham omad kulib boqdi: yon tarafga berilgan zarba tufayli mashina jarlikdan pastga qulab tushishi mumkin edi.

manba: Kun.uz

ULASHISH