15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘yinida Xvang Xi Chan ishtirok eta olmaydi. “Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, Shveysariyaning “Red Bul Zalsburg” klubi yakshanba kungi mashg‘ulotda jarohat olgani uchun o‘zbekistonliklarga qarshi o‘yinni qo‘yib yuboradi.

Mehmonlar safida esa Aziz Haydarov Seulga bormagan. Avvalroq uning jarohat olib, Toshkentning o‘zidayoq delegatsiya bilan xayrlashgani ma’lum qilingandi. Kichik jarohati bor ekaniga qaramay Seulga uchib ketgan Server Jeparov esa safardagi ilk mashg‘ulotda ishtirok etmadi. U katta ehtimol bilan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.

ULASHISH