Janubiy Koreya AQShdagi prezidentlik saylovlari sabab Milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch yig’ilishini o’tkazadi. Bu haqda mamlakat prezidenti va ma`muriyati ma`lumotlariga asoslanib, “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Koreyada g’arblik ittifoqchisi bilan bundan keyingi iqtisodiy va diplomatik aloqalar qanday bo’lishi mumkinligi yuzasidan AQShdagi saylov diqqat bilan kuzatilmoqda.

Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig’ilishi AQShda o’tgan prezidentlik saylovida Donald Trampning g’alabasi bilan bog’liq.

manba: Kun.uz

ULASHISH