Italiyada so‘nggi ikki oydan beri kuzatilayotgan zilzilalar oqibatida, Apennin tizmasi markazidagi tog‘lar balandligi taxminan 40 santimetrga pasaygan, deya xabar bermoqda “TASS”.

Italiya Milliy geofizika va vulqonshunoslik instituti mutaxassislarining ta’kidlashicha, Apennin yarim oroli go‘yoki Adriatika va Terrin dengizlari qirg‘oqlari bo‘ylab kengayib bormoqda, ayni vaqtda Alp tog‘larining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.

Zilzilalar hududidagi seysmik faollik davom etmoqda, xabar berishlaricha, magnitudasi 4,0 dan yuqori bo‘lgan yerosti silkinishlari tez-tez sodir bo‘lmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH