Isroil Qadimshunoslik boshqarmasi arxeologlari yahudiylar davlatining markazlaridan biri Yexud shahrida yangi uy-joy qurilishi uchun olib borilayotgan qazishmalar vaqtida bundan 38 asr oldin odam shaklida yasalgan sopol ko‘zani topdilar. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Odam shaklidagi ko‘za boshqa metall predmetlar va sopol idishlar, xanjarlar, uchli nayzalar, bolta, qo‘y yoki eshak suyaklari orasidan topildi,»-deb qayd etdi Qadimshunoslik boshqarmasi. Arxeologlarning fikricha, bu narsalar o‘rta bronza davri qoidalariga ko‘ra jamiyatda yuqori o‘rin tutgan shaxs dafn marosimida unga qurbonlik sifatida ko‘milgan. «Qadimda odam bilan birga ko‘milgan narsalar unga keyingi hayotda xizmat qilishiga ishonishgan” — dedi qazishma ishlari boshlig‘i Gilad Itax. Uning so‘zlariga ko‘ra “orasida bunda kulolchilik namunasi bo‘lgan qabr majmuasi Isroil hududida bundan avval topilmagan”.

ULASHISH