Ispaniyalik milliarder Antonio Fernandes o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq aholisiga 210 million dollar meros qoldirdi. U 2016-yilning avgust oyida dunyodan ko‘z yumgan edi. Bu haqda russian.rt.com xabar berdi.

The Telegraph nashrining yozishicha hozirgi kunda Seresales del Kondado qishlog‘ida 80 kishi istiqomat qiladi. Shunday qilib ularning har biri 2,6 million dollarga ega bo‘ladi.

Antonio Fernandes mana shu qishloqda tug‘ilib o‘sgan. U oilada 13 farzanddan biri bo‘lgan. Oila kambag‘allikda kun kechirgani uchun maktabni ham tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

32 yoshida Meksikaga ko‘chib o‘tgan Antonio o‘z karyerasini Grupo Modelo pivo ishlab chiqaruvchi korxona omborxonasida boshladi. Keyinchalik u Corono brendini pivo bozoridagi eng muvaffaqiyatli brendga aylantirib, kompaniya bosh direktori lavozimini egallagan.

ULASHISH