Ispaniyada 62 yoshli Lina Alvaresning ona bo`lganligi barchaning keng muhokamalariga sabab bo`lmoqda. Ayol kesarcha kesish yo`li orqali mutlaqo sog`lom qizaloqni dunyoga keltirdi.

Qizaloqning vazni 2,4 kilo.

Aslida ma`lumoti bo`yicha medik sanalgan Alvaresning so`zlariga ko`ra, uning yoshidagi ayollar tug`ishdan qo`rqmasligi lozim. Uning hozirda – 27 yoshli va 10 yoshli o`g`illari bor. Qizaloq sun`iy urug`lantirish yo`li bilan dunyoga kelgan.

Ayni damda ona va bolaning ahvoli a`lo darajada baholanmoqda.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH