Amerikalik olimlar tajriba yo‘li orqali foydali va kerakli xodim bo‘lib qolish uchun ish joyini qancha vaqtda o‘zgartirib turish kerakligini aniqladilar. Bu haqda mir24.tv xabar berdi.

Tajribada yirik korporatsiyalardan birining 1500dan ortiq xodimi ishtirok etdi. Ulardan o‘z ish tajribalari va karyeralari haqida so‘zlab berish so‘raldi.

Natija shu bo‘ldiki, 5-7 yildan ortiq bir lavozimda ishlagan xodimning ish unumdorligi pasayib, keyin esa umuman nol holatiga tushib qolar ekan. Bu nafaqat xodim faolligining kamayishi, balki muntazam bir xillikdan charchash bilan ham bog‘liq.

Bularning barchasi kattaroq lavozimga erishish istagi va tashabbusiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan jamoadagi psixologik iqlim o‘zgaradi hamda mojaro va janjallarga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun psixologlar vaziyatni ishdan bo‘shatishlarigacha olib bormasdan, shaxsiy tashabbus bilan har 5-7 yilda ish joyini o‘zgartirib turishni maslahat berishmoqda.

ULASHISH