Mashhur irland romanisti, mohir dramaturg va ko‘plab hikoyalar muallifi Uilyam Trevor 88 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda BBC ga asoslanib mir24.tv xabar berdi.

«Biz, ming afsus bilan Irlandiyaning eng buyuk yozuvchilaridan biri Uilyam Trevor vafot etganini ma’lum qilamiz”, — deb yozgan uning kitoblarini nashr etuvchi Penguin Random House Ireland nashriyoti o‘zining Twitterida.

Trevor 1928 yilning 24-mayida Mitchelstaunda (Irlandiya) tug‘ilgan. Dublin universiteti qoshidagi kollejda tahsil olgan. Yozuvchi 1994-yilda Uitbred mukofoti laureati, to‘rt marotaba Bukerovi mukofoti sovrindori bo`lgan. Uning «Lyusi Golt haqida hikoya”, «Ikki hayot”, «Dinmout bolalari” kabi asarlari mashhur. Yozuvchining birinchi romani «Axloq standarti” 1965-yilda chop etilgan. Trevor butun umri davomida o‘ttizga yaqin roman va hikoyalar nashr qilgan, uning asarlari bir necha pyesa va filmlarga asos bo‘lgan.

ULASHISH