Rossiyaning Irkutsk shahrida och qolib yig`lagan 2 oylik qizchasini urib o`ldirgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Tergov jarayonida ma`lum bo`lishicha, aybdor 30 oktyabr kuni o`zining ikki oylik chaqalog`ini och qolib yig`lagani uchun urib o`ldirgan. Ertasi kuni polisiyaga kelib, o`z aybiga iqror bo`lgan. Oilada chaqaloqning sutiga pul topilmaganidan bola har doim ochligidan yig`idan to`xtamagan. Ayni paytda nomi oshkor etilmagan erkakni qamoqqa olish masalasi ko`rilmoqda. Unga nisbatan qotillik bo`yicha qo`zg`atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH