Apple’ning yangi smartfoni 3D-kamera va simsiz quvvatlash tizimi bilan jihozlanadi, — deb yozadi mir24.tv.

3D-rejimda suratga olish imkonini beruvchi moslamani Apple kompaniyasi LG bilan birgalikda ishlab chiqmoqda. Aynan LG kompaniyasi iPhone 7 Plus uchun 2x-optik zum va 10x-raqamli zumda suratga olish imkonini beruvchi qo‘sh kameralarni yetkazib beradi.

Bundan oldinroq iPhone’ning yangi avlodi simsiz quloqchinlar va quvvatlash tizimi bilan jihozlanishi xabar qilingan edi. Simsiz quvvatlash tizimidan tashqari, “uyga” tugmasining bo‘lmasligi ham iPhon uchun noodatiy bo‘lishi mumkin. Uning o‘rnini sensor datchik egallaydi.

ULASHISH