Internetda yangi Nokia D1C’ning “jonli” fotosuratlari paydo bo‘ldi (foto)

Nokia kompaniyasi yil oxirigacha ikkita yangi smartfonni taqdim etishi mumkin, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%bd%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-3-1

Insayderlar Weibo’da ulardan biri — D1C modelining renderlari va orqa korpusi suratlarini e’lon qildi. Dastlab bu smartfon bo‘lishi taxmin qilindi, ammo qator manbalar qurilma 13,8 dyuymli ekranga ega bo‘lishini ta’kidladi.

%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%bd%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-1-3

Renderlarda odmi va ixcham dizaynga ega qurilma aks etgan.

%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%bd%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-7

Orqa korpusning “jonli” suratlari esa smartfon haqiqatda yirik bo‘lishini ko‘rsatdi, biroq ekran diagonalini aniqlab bo‘lmadi.

%d0%b1%d0%b5%d0%b7-%d0%bd%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-4-1

Avvalroq AnTuTu benchmarkida Nokia D1C xususiyatlari haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, qurilma 8 yadroli Qualcomm Snapdragon  430 chipseti, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi, Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH