Ijtimoiy tarmoqlarda «mitti Kim Chen In» nomini olgan xitoylik bolaning raqsi aks etgan video ommalashmoqda. Rolik Daily Mail nashrining Twitter-akkauntida e`lon qilingan va bir kundan kam vaqt ichida 200 layk va 150 repostga ega bo’lgan.

Videoda bolaning milliy kuylardan biriga qo’llari va bellari bilan ajoyib raqs tushgani aks etgan. Twitter foydalanuvchilari bolakay Shimoliy Koreya yetakchisiga o’xshashligini qayd etishgan.

Bundan tashqari, ular bolaning ota-onasiga farzandlarini parhez qilishga tavsiya berishgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH