Internetda Hind kinosining eng ko’zga ko’ringan aktyori Shoxrux Xonning vafot etgani haqidagi rasmlar va ta’ziyasidan olingan rasmlar tezlik bilan tarqalmoqda…

Ijtimoiy tarmoqlarda Hind kinosining imperatori nomini olgan ajoyib aktyor Shoxrux Xonning vafot etgani haqidagi rasmlar va uning ta’ziyasi jarayonidan olingan rasmlar tarqalmoqda. Rasmlarda Hind aktyorlaridan biri Hritik Roshanning odamlar ichida ketayotgani ham aks etgan. Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida, xorijiy saytlarga murojaat qildik.
Aniqlanishicha, mazkur rasmlar Shohrux Xonning emas, balki boshqa bir aktyorning (Razzoq Xon) dafn marosimidan olingan sur’atlar ekan.
“Komedik rollar ijrochisi Razzoq Xonning vafot etganiga ancha bo’lgan va mazkur rasmlar eski rasmlardir. Bilmaymiz kim bunday xabar tarqatgan” – deb yozadi xorij nashrlari.
Yurtimizda Hind kinosining ixlosmandlari, ayniqsa, Shohrux Xon ijrosidagi filmlarni sevib tomosha qiladigan muxlislar ko’p topiladi. Ularga xavotirga tushmasliklarini hammasi joyida ekanligini bildirib qo’ymoqchimiz.

photo_2016-07-27_10-48-34

photo_2016-07-27_10-48-42

photo_2016-07-27_10-48-45

photo_2016-07-27_10-48-49

Eslatib o’tamiz, bu kungacha Amitabx Bachchan, Hritik Roshan va Karina Kapurlarning film sahnalaridan olingan fotolar orqali “o’ldi”ga chiqarishgan edi. Bunday xabarlarni tarqatayotganlarga insof tilaymiz.

ULASHISH