Italiyaning “Inter” va Angliyaning “Manchester Siti” klubilari sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini sobiq shogirdini fahmsiz deb atadi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

Kecha Roberto Manchini Rimdagi universitetlardan birida chiqish qildi. Talabalar bilan muloqotda tinglovchilardan biri Manchiniga sobiq shogirdi Mario Balotelli haqida savol berganida, u qanday ekanini aytib o`tdi.

“Balotelli – fahmsiz. U o`g`lim bilan teng va Italiya chempionatidagi debyutini erta boshlagan edi. U yosh va iqtidorli va barcha yoshlar kabi g`alati ishlarni qilardi. Uning hurmacha qiliqlarini aytmasa, u yaxshi futbolchi”, – dedi Manchini.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH