Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o‘tgan 43-sessiyasi ishtirokchilari 19-oktabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Samarqandga tashrif buyurgan mehmonlar Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Mirzo Ulug‘bek muzeyi va rasadxonasi bilan tanishdi.

IHT TIVK ishtirokchilari Samarqand avtomobilsozlik kolleji hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-akademik litseyga ham tashrif buyurdi.

ULASHISH