1.  Tonal kremni barmoq uchiga surtib, yuz terisiga tekkizib chiqing. Aynan shu harakat bilan kremni tarqatib chiqasiz.

2.  Lab bo`yog`ini o`rtacha qalinlikdagi pardoz cho`tkasi bilan surtsangiz, tekis va chiroyli bo`ladi.

3.  Tush surtib bo`lgach, 1-2 soniya ko`zlaringiz yumuq holatda bo`lsin. Ana shunda tush bo`yog`i surkalmaydi.

4.  Ko`z qovoqlarini pardoz qilayotganda avval rangsiz tendan surtib, so`ng ustiga istalgan rang berish mumkin.

5.  Yumshoq kontur qalamini gel ko`rinishidagisiga aylantirish uchun 1-2 soniya olovda ushlab, so`ng sovutib olsangiz bas. Biroz yaltiroq ta`sirli qalam bo`ladi.

6.  Lab bo`yog`ining rangi uzoqroq turishi uchun ustidan upa sepib qo`ying. Ana shunday taomlangandan keyin ham rangi saqlanib qoladi.

7.  Kiprigingiz uzun bo`lsa, hajm beradigan, kalta bo`lsa, uzaytiradigan tushdan foydalaning. Agar kiprigingiz juda ingichka va siyrak bo`lsa, bir qavat tush surting-da, ko`zingizni yumib ustidan upa seping. So`ng yana tush surtasiz.

Yog` upangiz tugab qolsa, och pushti tenni katta pardoz cho`tkasiga sepib, yonoqlaringizga rang berishda foydalanishingiz mumkin.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH