Juda ham mazali, tatib ko‘ring!

Kerakli mahsulotlar:

Qiyma – 500 gramm

Non – ta’bga ko‘ra (bir qancha bo‘laklar)

Sut – ta’bga ko‘ra (namlash uchun)
Qattiq pishloq – 150 gramm

Tuz, murch – ta’bga ko‘ra

O‘simlik yog‘i – ta’bga ko‘ra (qovurish uchun)

Tayyorlanishi:

1.Non bo‘laklari sutga 15-20 daqiqaga bo‘ktirib qo‘yiladi. Suvi siqib olinadi va go‘shtli qiymaga aralashtiriladi.
2.Pishloq kotlet soniga qarab kesiladi. Ular 8-10 dona bo‘lishi kerak. Yoki har bir kotletga 2 ta uncha katta bo‘lmagan pishloqdan solsa bo‘ladi.
3.Qiymani uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘linadi. Ulardan kotletlardan yasaladi va ular ichiga bir yoki ikkita pishloqdan solinadi.
4.Nam qo‘l bilan yassi kotletlar yasaladi.
5.Qizigan tovaga yog‘ solinadi va kotletlarning har ikki tomoni qizartirib olinadi. Tilla rang po‘st hosil bo‘lishi kerak. So‘ngra olovni balandlatib, kotletlar tayyor bo‘lguncha pishiriladi.

ULASHISH