Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Creta STC deb nomlagan kontseptual pikapini namoyish etdi. Koreya respublikasida ishlab chiqilgan prototipni Braziliyaning San-Paulu shahrida bo’lib o’tayotgan avtoko’rgazmada taqdim etishgan.

Creta STC (Sport Truck Concept) kontsept karining gabarit o’lchamlari 4,68×1,85×1,63 metrdir. Uning g’ildiraklar bazasi 2,8 metrni tashkil etadi. Shu bilan, pikap o’ziga asos bo’lgan Creta krossoveridan 41 santimetrga uzunroq, 70 mmga enliroqdir. Ularning o’qlari o’rtasidagi farq 210 mmdir.

Hyundai Creta STC yuk platformasi uzunligi 1,3 metrni, eni 1,29 metrni, bortlari balandligi 51 smga teng. Yukxonaga 850 litr hajmdagi yukni ortish mumkin.

Creta yo’ltanlamasining pikap namunasi seriyali ishlab chiqarilishiga oid ma`lumot mavjud emas. Prototipning ishlab chiqarishga tayyor kontsepti Renault Duster Oroch va Fiat Toro bilan xaridorlar uchun kurashishi mumkin edi.

manba: Kun.uz

ULASHISH