Huawei kompaniyasi o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun Xitoyga media-tur uyushtirdi

Huawei O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun kompaniyaning Xitoydagi bosh qarorgohiga media-tur uyushtirdi. Media-tur doirasida o‘zbekistonlik jurnalistlar Huawei’ning Pekin, Shanxay va kompaniya bosh ofisi joylashgan Shenchjen shahridagi ko‘rgazma zallari va tadqiqot markazlariga tashrif buyurdi.

dav

Xitoyga safar qilganlar orasida UzReport-TV telekanali, “Biznes-vestnik Vostoka” gazetasi, “Maksima” radiosi, “Exo Dolini” radiokanali, ICTnews va “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnallari va “Daryo” internet-nashri kabi OAV vakillari bor edi.

Dastlab Pekinga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik jurnalistlar Huawei’ning eng yirik ko‘rgazma markazlaridan birida bo‘lib, kompaniyaning Operatorlik va Korporativ segmenti yo‘nalishlaridagi eng yangi loyihalar bilan tanishdi.

Bu yerda jurnalistlar yuqori tezlikdagi internetning samarali ishlashiga jonli efirda guvoh bo‘ldi. Bunday texnologiya loyihalari video-anjumanlarini tashkil etish, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, internet mahsulotlarining kommunikatsiyasini ta’minlashda keng qo‘llanadi.

dav

“Huawei OAV vakillari uchun bunday ko‘lamdagi media-turni tashkil eta olgan O‘zbekiston bozoridagi ilk kompaniyalardan biri bo‘ldi. Tur doirasida jurnalistlar Huawei qanday faoliyat olib borayotgani, qaysi mamlakatlarda o‘z loyihalari va texnologiyalarini taqdim etayotgani hamda foydalanuvchilarni yaqin kelajakda qanay texnologik yangiliklar kutayotganiga bevosita guvoh bo‘ldi”, — deydi Huawei Uzbekistan’ning Jamoatchilik va davlat idoralari bilan aloqalar departamenti direktori Davron Azizov.

“Huawei bundan keyin ham OAV vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirib boradi. Kelasi yili mintaqaviy jurnalistlar uchun media-tur tashkil etish rejalashtirilgan. Kompaniyaning asosiy maqsadi — texnologik jarayonlar haqida imkon qadar ko‘proq axborot berib, OAV vakillarini maqola va reportajlar orqali O‘zbekiston telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori rivojiga hissa qo‘shishlarini qo‘llab quvvatlashdir”, — deydi Davron Azizov.

Media-tur doirasida o‘zbekistonlik jurnalistlar nafaqat Huawei faoliyati bilan, balki Xitoy madaniyati, tarixi va me’morchiligi bilan ham tanishishga muvaffaq bo‘ldi. Ular Buyuk Xitoy devori, Pekindagi “Taqiqlangan shahar”, Shanxaydagi tarixiy Yuyyuan (Shodlik) bog‘i, zamonaviy “Sharq durdonasi” teleminorasida bo‘ldi, Shenchjenda o‘nlab mahalliy tele- va radiokanallarni birlashtiruvchi Shenchjen media guruhi (SZMG) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH