Hindistonning Gurdaspur shahrida jarrohlar operatsiya vaqtida bir erkakning oshqozonidan 40 ta pichoq chiqarib olishdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabariga asoslanib “Kun” nashri ma’lumot bermoqda.

Ismi oshkor qilinmagan 42 yoshli erkak oshqozonida og’riqlar va holsizlik shikoyati bilan shifohonaga Yetkazilgan. Shifohona boshqaruvchisi, shifokor Jitinder Malhotra bemor ul’tratovush tekshiruvga yuborilgani va tekshiruv uning oshqozonida «qattiq jism» borligini ko’rsatganini aytgan.

Bemor oshhona anjomlarining «ta`mi yoqib qolgani» uchun ikki oy davomida ularni «tanovul qilishga» kuchli hohishi bo’lganini tan olgan. Shundan keyin bemor muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va u yaqin orada shifohonadan qo’yib yuboriladi.

Malhotra bu uning 20 yillik faoliyatidagi eng hayratlanarli holat bo’lganini tan oldi.

O’tgan yilning sentyabrida Shanghaiist nashri lag’mon yeyish vaqtida 15 sm lik qoshiqni yutib yuborgan hitoylik ayol haqida habar bergandi. 27 yoshli ayolni operatsiya qilgan shifokorlar bu tasodifan yuz berganiga shubha bildirishgan.

ULASHISH