Hindistonlik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ommaviy tarzda tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajga o‘z buyragini berishga hozir ekanligini bildirmoqda. Surunkali qandli diabetga yo‘liqqan ayol buyrak ko‘chirish uchun analiz topshirayotganini ma’lum qilgan edi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Noyabr oyining boshida 54 yoshli tashqi ishlar vaziri shifoxonaga yotqizilgan edi.

15-noyabr kuni buyragi ishdan chiqqanidan so‘ng ayol dializ jarayonidan o‘tayotgan edi. Bu haqdagi “tvit”ga javoban ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z buyraklarini taklif qildi, ayrimlar hatto telefon raqamlariniyam qoldirdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH