1.Agar siz tirik bo‘lsangiz, barcha narsaning imkoni bor
Birgina asosli sabab bor, faqatgina bu dunyodan ko‘z yumganingizdagina taslim bo‘lishingiz mumkin. Ungacha siz tirik (sog‘lom va erkin) bo‘lsangiz, yakuniy natijaga erishish yo‘lida harakt qilish uchun tanlov bor.

2.Hayotga real qarang.

Nimadirni birinchi marta o‘zlashtirish ehtimoli juda kam bo‘ladi. Hamma narsani o‘rganish vaqtni talab etadi va siz xatolarga yo‘l qo‘yasiz. Bulardan saboq chiqaring.

3. Siz kuchlisiz

O‘ylaganingizdan ham kuchlisiz. Birgina kichkina omadsizlik o‘z muvaffaqiyatingizga erishish jarayonida sizni to‘xtatib qo‘yish uchun yetarli emas. Xuddi shuningdek 10, 100 va 1000 ta omadsizlik ham bun uchun kamlik qiladi.

4.O‘zingizni namoyon qiling.

Agar siz boshqa inson kabi mashhur bo‘lishni istamasangiz, unda bu ojizlik bo‘lib, taslim bo‘layotganingizni bildiradi. Otilib chiqib, dunyoga va o‘zingizga o‘zingizni ko‘rsating. Amalga oshirishni ko‘zlagan maqsadingizga albatta erishasiz. Siz taslim bo‘lganingizdagina muvaffaqiyatsizlikka sabr qilasiz.

5. Buni ilgari amalga oshirishganmi?

Agar kimdir shu ishni qila olgan bo‘lsa, unda sizning ham ko‘lingizdan keladi. Hatto agar dunyodagi faqat bir kishigina siz istagan narsaga erishgan taqdirda ham. Bu hech qachon voz kechmasligingiz uchun bu yetarli sabab bo‘lishi kerak.

6. Orzularingizga ishoning

O‘zingizga xiyonat qilmang. Hayotda siz imkonsiz narsaga erishmoqchi ekanligingizni aytadigan ko‘p odamlar bo‘ladi. Hech kimga o‘z orzularingizni barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

7. Oilangiz va do‘stlaringiz

O‘zingiz sevgan va qadrlagan insonlarga oldinga harakat qilishingizni astoydil davom ettirishda ilhomlantiruvchi bo‘lishlariga imkon bering. Ehtimol, sizga boshqa nuqtai nazar bilan qarash, ko‘proq o‘qish, tajriba orttirish kerak bo‘lar. Lekin hech qachon taslim bo‘lmang.

8. Sizga nisbatan yomon ahvoldagi odamlar bor

Hozir sizga nisbatan ayni damda yomon vaziyat va yomon ekologik sharoitda bo‘lgan ko‘plab odamlar bor. Siz 5 kilometr masofaga yugurishdan voz kecharmidingiz? Hatto yura olmaydigan insonlar haqida o‘ylang. Ular boshqalar kabi har kuni 5 kilometr yugurishni orzu qilishadi. Buning uchun barcha narsaga tayyor bo‘lishadi.

9. Bizning dunyoni yaxshilang.

Ko‘zlagan maqsadingizga yetganda o‘z yutug‘ingizni atrofdagi holat yoki kishilar hayotini o‘zgartirishga sarf etishingiz mumkin.

10. Siz baxtli bo‘lishga loyiqsiz

Hech kimga hech qachon qarama-qarshi narsani aytishiga yo‘l qo‘ymang. Siz baxt va omadga munosibsiz. Bu kayfiyatni saqlab qoling va hech qachon belgilangan maqsadga erishmaguncha bo‘sh kelmang.

11. Boshqalarni ruhlantiring

Taslim bo‘lishdan voz kechib, boshqalar uchun ilhom manbai bo‘ling. O‘zingiz hech qachon taslim bo‘lmaganligingiz va boshqalarni ham taslim bo‘lmaslikka ruhlantirganingiz uchun kimlardir ko‘p narsaga erishishi mumkin.

12. Siz juda ham yaqinsiz

Ko‘pincha barchasidan voz kechib, taslim bo‘lishni istayotganingizda katta burilishga juda yaqin turgan bo‘lasiz. Har qanday pallada o‘z vaqti bilan siz har doim muvaffaqiyat ostonasida bo‘lasiz.

ULASHISH