Xonanda Manzura Instagram’dagi sahifasida sher bolalari bilan tushgan suratini e’lon qildi. Surat hayvonot bog‘ida emas, gilam to‘shalgan xonadonda olingan, unda shervachchalardan birining bo‘yinbog‘ini ham ko‘rish mumkin.

“Singlimning mana shunday shirintoy shervachchasi bor”, — deb yozgan Manzura o‘z xabarida xonanda Shohruxxon va uning ukasi Muhammadalini menshn qilgan, lekin menshnning sababini izohlamagan.

Manzura sher bolalari aynan qaysi singlisiga tegishli ekaniga aniqlik kiritmagan. Ba’zi foydalanuvchilarning: “Bu singlingiz sirkda ishlaydimi?”, — degan savollarini ham javobsiz qoldirgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH