“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Barselona”hujumchisi Lionel Messini qo‘lga kiritish uchun barcha narsaga tayyor ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Xabar qilinishicha, ispaniyalik mutaxassis Messining xaridi borasida “shaharliklar” sport direktori Chiki Begiristayn va klubning ijrochi direktori Ferran Soriano bilan gaplashgan. Gvardiola ularga Messini sotib olish asosiy vazifa ekanini aytdi. Murabbiy ushbu masala yaqin oylarda hal bo‘lishini xohlamoqda.

Avvalroq “Manchester Siti” 29 yoshli futbolchini sotib olish uchun 230 million yevro to‘lashga tayyor ekani xabar qilingandi.

Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” klubi va uning texnik homiysi Adidas Messi “Barselona” bilan kelishuv muddatini yangilamaslik uchun unga 100 millionevro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi kelishuvi 2018-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH