Bir milliondan ortiq Android-smartfonlar Google Play’da tarqalgan Android.MulDrop.924 troyani bilan zararlandi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Dasturiy ta’minot dasturlarni foydalanuvchini ogohlantirmasdan yuklab oladi va ularni o‘rnatishni taklif qiladi, xiralik bilan reklamalarni ko‘rsataveradi.

Zararkunanda xususiyatlar o‘yinlarda va boshqa dasturlarda bir vaqtning o‘zida bir nechta akkauntlardan foydalanish imkonini beruvchi Multiple Accounts: 2 Accounts dasturidan topildi. U o‘z funksiyalarini haqiqatda bajaradi, biroq zarar ham keltiradi.

Avvalo, troyan foydalanuvchini ogohlantirmasdan, begona dasturlarni yuklab oladi. Bundan tashqari, zararkunanda dasturiy ta’minot xiralik bilan reklama ko‘rsatadi.

Multiple Accounts: 2 Accounts o‘z ichiga bir nechta zararkunanda modullarni oladi. Mutaxassislar Google’ni ushbu xavf haqida ogohlantirdi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH