DETROIT - NOVEMBER 18: Signs stand in front of the General Motors world headquarters complex November 18, 2010 in Detroit, Michigan. GM returned to selling its newly issued stock to the public today as they resumed trading on the NYSE. The stock sales are expected to generate approximately $23 billion for General Motors. (Photo by Bill Pugliano/Getty Images)

AQShning General Motors avtokonserni AQShning yangi prezidenti Donald Tramp uchun Cadillac mashinasining yangi modelini yaratish ustida ishlamoqda. Limuzin «Beast» (Yirtqich) deb ataldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.  

Telekanal ma`lumotlariga ko’ra, yangi prezident limuzini AQShning amaldagi prezidenti Barak Obamanikidan ba`zi jihatlaridan tashqari deyarli farq qilmaydi. Ta`kidlanishicha, jumladan, GM old faralarning yorug’likni vertikal tarqatish imkoniyati va shinalar chetini o’zgartirgan.

Ma`lum qilinishicha, bu modifikatsiyadagi avtomobillar 9 tonnadan ko’proq yuk bosadi va o’q va snaryadlardan himoyaga ega. «Yirtqich» 1,6 mln dollarga baholanmoqda.

Fox News’ning eslatishicha, avvalroq Obama uning limuzini tank namunasi ramasi negizida yasalgani haqidagi sirni oshkor qilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH